Umumiy

Rivojlanishingizni kuchaytirish uchun Flutterga oid 5 ta juda foydali tavsiyalar

Unumdorligingizni bir necha barobar oshirib, toza va samaraliroq kod yozmoqchimisiz? Ushbu maqola aynan siz uchun! Maqolada biz Flutterda tajribangizni sezilarli oshiradigan beshta amaliy maslahatlarni jamladik. Yangi boshlovchi yoki tajribali dasturchi bo’lasizmi, bu maslahatlar ish jarayonini soddalashtirishga va yuqori sifatli ilovalar yaratishga yordam beradi. Keling, endi sho’ng’iymiz!

1. Tozaroq Papkalar strukturasi

Yangi Flutter loyiha ochganingizda sizni bir uyum ishlanmaydigan papkalar kutib oladi. Ular bo’ylab kerakli kod fayllarni qidirish sizni toliqtirishi mumkin, ayniqsa loyiha kattalashgani sari. Qo’rqmang, siz uchun bizda yechim bor. “Visual Studio Code” da ushbularga amal qilsangiz, tozaroq papka strukturalariga ega bo’lasiz.

  1. Komandalar oynasini oching: Ctrl/Cmd + Shift + P.
  2. settings.json ni ochish uchun u yerga “preferences: Open Settings (JSON)” deb yozing.
  3. Keraksiz fayllarni yashirish uchun ushbularni va o’zingiz ishlatmaydigan boshqa barchasini yozib qo’yishingiz mumkin:

Ushbu konfiguratsiya bilan siz o’z loyihangizni ancha pokiza saqlaysiz va eng kerakli fayl va papkalar bilangina ishlaysiz. Agar kerak bo’lsa, siz har doim yashirilgan fayllarni pubspec.yaml dan topishingiz mumkin.

2. Avto-To’g’irlash Linterlari

Muammolarni lintlash (muvofiqlashtirish) dasturlash jarayonini sekinlashtiradigan umumiy bosh og’riqdir. Ma’lum lintdagi muammolarni bir-ma-bir to’g’irlab chiqish o’rniga, fayllarni saqlash mobaynida avtomatik lintlashni ishlatib, vaqtingizni tejang. Qanday qilib deysizmi? Mana bunday:

settings.json faylingizaga quyidagilarni qo’shing:

Endi esa qachonki siz fayllaringizni saqlaganingizda, sizning lintlashdagi muammolaringiz to’g’irlanadi. Bu sizni qo’lda to’g’irlab chiqishdan ozod etgan holda, kodingiz standartlarga muvofiq bo’lishini ta’minlaydi.

3. “Awesome Flutter Snippet” lari

“Awesome Flutter Snippets” bu chindan ham ajoyib. U turli xil foydalanish holatlari uchun 40 dan ortiq Flutter snippetlarini taqdim etadi va bu sizning dasturlash jarayoningizni nihoyatda samarali qiladi. Ushbu parchalar asosiy vidjetlardan tortib murakkab UI komponentlarigacha bo‘lgan hamma narsani qamrab oladi. Ushbu kengaytmani arsenalingizga qo’shish kodlashni sezilarli darajada tezlashtirishi mumkin.

Link: https://marketplace.visualstudio.com/items?itemName=Nash.awesome-flutter-snippets

4. Print vs Log

Uzun xato xabarlari bilan ishlash qiyin bo’lishi mumkin, ayniqsa dartda o’rnatilgan chop etish funksiyasining belgilar chegarasi imkoniyatlaringizni qisqartirganda. Buning o’rniga dart:developer kutubxonasidan log funksiyasini tanlang:

Log yordamida siz belgilar cheklovlari haqida qayg’urmasdan keng qamrovli xato xabarlarini chiqarishingiz mumkin, bu esa debugging uchun zarur bo’lgan barcha tafsilotlarni olishingizni ta’minlaydi.

5. Osonroq Formatlash

Kodni doimiy formatlash uning o’qilishi va barqarorligi uchun zarurdir. Faylni saqlashda avtomatik formatlashni yoqish orqali siz osonlik bilan har doim formatni saqlab qolishingiz mumkin:

settings.json faylingizga quyidagi qatorni qo’shing:

Endi, har safar faylingizni saqlaganingizda, kod avtomatik ravishda loyihangiz uslubi qo’llanmasiga muvofiq formatlanadi.

Ushbu maslahatlarni amalga oshirish orqali siz vaqtni tejaysiz, kod sifatini saqlab qolasiz va ilovalarni yanada samaraliroq yaratasiz. Esda tutingki, uzluksiz o’rganish va takomillashtirish ajoyib dasturchi bo’lishning kalitidir. Yanada chuqurroq sho’ng’ishni va Flutterda “Senior” bo’lishni istasangiz, mening maqolalarimni kuzatib boring:

Telegramda: t.me://flutterblogs

Prev Next